
Belarusda Lada Iskra modeli savdosi boshlandi. Dilerlar dastlabki uch oy davomida avtomobilni 42,9 ming Belarus rubli ($15 ming) narxda taklif qilmoqda. Motor nashriga ko‘ra, bu Rossiyadagi narxdan qariyb $2,6 mingga arzon.
Belarus bozorida asosiy komplektatsiya sifatida Life versiyasi tanlangan. Unda konditsioner, elektr rul kuchaytirgichi, ESP tizimi, ikki old havo yostig‘i, old o‘rindiqlar isitilishi, to‘liq elektr paket, yorug‘lik va yomg‘ir datchiklari mavjud. Avtomobil 1,6 litrli, 90 ot kuchiga ega dvigatel va 5 pog‘onali mexanik uzatma bilan jihozlangan. G‘ildiraklari 15 dyuymli po‘lat disklar.

Mexanik uzatmali boshqa versiyalar narxi:
Iskra Enjoy SW — 51,4 ming BYN ($18 ming);
Iskra Enjoy SW Cross — 56,9 ming BYN ($19,8 ming).
Variatorli versiyalar narxi:
Sedan — 47,4 ming BYNdan ($16,6 ming);
Universal — 56,4 ming BYNdan ($19,7 ming);
Universal Cross — 57,9 ming BYN ($20,2 ming).
Dilerlar ma’lumotiga ko‘ra, maxsus narxlar uch oydan keyin valyuta kursiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lada Vesta SW Sport NG avtomobili xususiyatlari haqida ma’lumot berilgandi. Ma’lum qilinishicha, avtomobil turbomotor bilan jihozlangan. Turbokitni RCI Service o‘rnatgan. Bu yechim avtomobil dinamikasini sezilarli oshiradi.