Migratsiya tartibini buzgan 40 nafar O‘zbekiston fuqarosi Olmaotadan chiqarib yuborildi

eʼlon qilindi
Fuqarolar maxsus avtobusda Qozog‘iston–O‘zbekiston davlat chegarasigacha yetkazilgan
Foto: Videodan olindi

Olmaota shahrida migratsiya qonunchiligini buzgan 40 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi. Bu haqda Olmaota shahri Politsiya departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, aniqlangan shaxslar Qozog‘iston hududida bo‘lish tartibini buzgan. Tekshiruvlar davomida ularning mamlakatda qonuniy yashash qoidalariga rioya qilmagani ma’lum bo‘lgan va amaldagi qonunchilik asosida chiqarib yuborish chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, fuqarolar maxsus avtobusda Qozog‘iston–O‘zbekiston davlat chegarasigacha yetkazilgan. Jarayon xavfsizlik talablari va hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda amalga oshirilgan.

Olmaota migratsiya xizmati rahbari Erkin Amantayevning ta’kidlashicha, shahar hududida xorijiy fuqarolarning qonuniy maqomi doimiy nazoratda bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsad — jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash hamda mamlakat qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishdir.

Rasmiylar migrantlardan mezbon davlat qonunlariga qat’iy amal qilishni, hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishni va belgilangan muddatdan ortiq qolib ketmaslikni so‘ramoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri AQSh ayrim o‘zbekistonliklarga viza olishni cheklagani haqida yozagndi.

Shuningdek