Avto

O‘zbekistonda «inomarka»lar narxlari pasaydi — Sergeli bozoridagi vaziyat

Savdo biroz sust bo‘lsa-da, bozorda turli segment va budjetga mos avtomobillar mavjud
Foto: «Moshina bozorim» You Tube kanali

22-fevral kuni Toshkentdagi Sergeli mashina bozorida «inomarka»lar qatoridagi narxlar ko‘zdan kechirildi. Savdo biroz sust bo‘lsa-da, bozorda turli segment va budjetga mos avtomobillar mavjud. Quyida eng ko‘p qiziqish uyg‘otgan modellarning narxlari va holati haqida qisqacha ma’lumot keltirib o‘tiladi:

Premium segment

ModelYili / DvigatelProbegQo‘shimcha ma’lumotNarxi
Mercedes-Benz2003 / 3.2 atm201 ming kmBenzin + propan$13,7 ming
Toyota Crown2019/2020Boy komplektatsiya$76 ming
Land Rover Range Rover2006«Tiffany» salon$13,8 ming

Oila va minivenlar

ModelYili / DvigatelProbegQo‘shimcha ma’lumotNarxi
Kia Carnival2014 / 3.5178 ming kmElektr eshiklar$22,8 ming
Kia Carnival2024 / gibridRasmiy diler$24 ming
Chevrolet Orlando201882 ming km4 ta yangi balon$13,2 ming

Biznes va o‘rta sinf

ModelYili / DvigatelProbegQo‘shimcha ma’lumotNarxi
Chevrolet Malibu (Premier)202195 000 kmQisman bo‘yalgan$23,8 ming
Kia K52023 / 2.588 000 kmShovqin izolyatsiyasi$22,5 ming
Mercedes-Benz ML2008193 000 km$15–18 ming

Elektr va gibrid

ModelYiliProbegXususiyatiNarxi
Dongfeng 0082024202 km elektr yurish$29,8 ming
BYD gibrid202471 000 km2-komplektatsiya$24,5 ming

Budjet variantlar

ModelYili / DvigatelProbegQo‘shimcha ma’lumotNarxi
Mercedes-Benz1992 / 2.3Qisman yangilangan$7,3–7,5 ming
Toyota Yaris2006 / avtomatGaz o‘rnatilganKelishuv asosida
Chevrolet2006 / mexanika56 000 km$10,5 ming

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sergeli bozorida Cobalt narxi qanchaga pasaygani haqida yozgandi.