Pro-liga va Superliga o‘yinlari Allplay hamda Kinopoisk’da translyatsiya qilinadi

eʼlon qilindi
Yandex Uzbekistan Superliganing rasmiy hamkori va Pro-liganing titul homiysi maqomiga ega bo‘ladi
Pro-liga va Superliga o‘yinlari Allplay hamda Kinopoisk’da translyatsiya qilinadi / Foto: Yandex Uzbekistan

Yandex Uzbekistan va O‘zbekiston Professional futbol ligasi muxlislar uchun raqamli imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida kelishuv imzoladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Kelishuv doirasida Pro-liga va Superliganing o‘yinlari Allplay hamda Kinopoisk platformalarida onlayn namoyish qilinadi. Shu bilan birga, Yandex brendlari futbolning oflayn infratuzilmasiga va PFLning raqamli muhitiga tizimli integratsiya qilinadi. Yandex Uzbekistan Superliganing rasmiy hamkori va Pro-liganing titul homiysi maqomiga ega bo‘ladi.

O‘yin kunlarida muxlislar uchun Allplay, Yandex Music, Yandex Go va Alisa xizmatlari orqali interaktiv tadbirlar va maxsus faolliklar tashkil etiladi. Bundan tashqari, kelishuv yoshlar sportini rivojlantirish va futbol hamjamiyatiga yangi auditoriya jalb qilish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni ham o‘z ichiga oladi.

Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov ta’kidlashicha, ushbu hamkorlik muxlislar uchun zamonaviy tajriba, yangi kontent va interaktiv imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yandex Maps mobil ilovasida biznes profilni telefondan boshqarish imkoni yaratilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek