Realme 16 Pro smartfonining Yevropa versiyasi taqdim etildi

25-fevral 2026 07:42 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Realme 16 Pro smartfonining Yevropa versiyasi taqdim etildi / Foto: Realme

Realme 16 Pro smartfonining Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan versiyasini rasmiy saytida e’lon qildi. Bu haqda GSMArena xabar berdi.

Batareya va zaryadlash

Eng katta tafovut batareya sig‘imida kuzatiladi. Hindiston modeli 7 000 mAh batareya bilan jihozlangan bo‘lsa, Yevropa versiyasi 6 500 mAh sig‘imga ega. Zaryadlash tezligi ham turlicha: Hindistonda qurilma 80W Ultra Charge’ni qo‘llab-quvvatlaydi, Yevropada esa 45W tezkor quvvatlash mavjud.

Xotira variantlari

Yevropa bozorida smartfon faqat 8GB operativ xotira bilan, 256GB yoki 512GB ichki xotira variantlarida taklif etiladi. Hindistonda esa 8GB + 128GB, 8GB + 256GB hamda 12GB + 256GB konfiguratsiyalari mavjud.

Qo‘shimcha funksiyalar

Yevropa versiyasida NFC va eSIM qo‘llab-quvvatlanadi. Hindiston modelida esa bu funksiyalar mavjud emas. Shuningdek, Yevropada qurilma qutisidan faqat kabel chiqadi, zaryadlovchi adapter berilmaydi. Hindistonda esa zaryadlovchi qurilma to‘plamga kiritilgan.

Dasturiy qo‘llab-quvvatlash

Dasturiy ta’minot borasida ham farq mavjud. Yevropa talqini 5 ta yirik operatsion tizim yangilanishi va 6 yil xavfsizlik yangilanishlarini oladi. Hindiston modeli esa 3 ta yirik OS yangilanishi hamda 4 yil xavfsizlik qo‘llab-quvvatlovi bilan cheklanadi.

O‘zgarmagan jihatlar

Qolgan texnik xususiyatlar bir xil. Qurilma 6,78 dyuymli AMOLED displeyga ega bo‘lib, 144Hz yangilanish chastotasi va 6 500 nit maksimal yorqinlikni taqdim etadi. Smartfon Dimensity 7300 Max protsessori asosida ishlaydi. Kamera tizimi OIS bilan jihozlangan 200MP asosiy sensor, 8MP ultra keng burchakli modul hamda 50MP old kameradan iborat.

Narxi

Realme 16 Pro 5G smarfoni Yevropada xotira sig‘imiga qarab $575 dan $756 gacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.

Ikkala versiyaning farqlari jadval ko‘rinishida:

Texnik xususiyatYevropaHindiston
RAM + Xotira8GB + 256GB8GB + 512GB8GB + 128GB8GB + 256GB12GB + 256GB
Batareya sig‘imi (oddiy)6 500 mAh7 000 mAh
Batareya sig‘imi (nominal)6 345 mAh6 830 mAh
Zaryadlash45W tezkor zaryadlash80W Ultra Charge
eSIM qo‘llab-quvvatlashMavjudYo‘q
NFCMavjudYo‘q
Qutidagi zaryadlovchiYo‘q (faqat kabel)Bor
Dasturiy qo‘llab-quvvatlash5 ta yirik OS yangilanishi, 6 yil xavfsizlik yangilanishlari3 ta yirik OS yangilanishi, 4 yil xavfsizlik yangilanishlari

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme arzon narxdagi P4 Power smartfonini sotuvga chiqargan edi.

Shuningdek