
Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni Dubayda sotuvga chiqqach, uning kamerasi foto flagman Vivo X300 Pro bilan taqqoslandi. Bloger Sahil Karoul ikki qurilmaning suratga olish imkoniyatlarini solishtirdi.



U oddiy rejimda va 10 karra zumda olingan suratlarni e’lon qildi. Blogerning aytishicha, 10 karra zumda olingan suratlar 24 megapiksel emas, 12 megapiksel formatda saqlangan.



Samsung Galaxy S26 Ultra modelida yangi Privacy Display funksiyasi ham mavjud. Bu funksiya ekran ma’lumotlarini yon tomondan ko‘rayotganlardan himoya qiladi va ikki xil rejimda ishlaydi.



Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Ultra’ning ilk partiyasi allaqachon Dubayda sotuvga chiqarilgan. Model ilgari Galaxy S25 Ultra bilan ham taqqoslangan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S26 Ultra kamerasi S25 Ultra bilan taqqoslangandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning fikrlari turlicha bo‘ldi, biroq ko‘pchilik natijalardan norozi ekanini bildirdi. Ayniqsa, tungi suratga olishda va zum rejimida shovqinlar ko‘pligi tanqid qilinmoqda. Ko‘pchilik yangi modelda katta o‘zgarish yoki «wow-effekt» yo‘qligini, kamera imkoniyatlari deyarli avvalgi avlod darajasida qolganini aytmoqda.