Yangiliklar

Temuriylar tarixi davlat muzeyi 25-fevraldan vaqtincha yopildi

Rekonstruksiya sababli
Temuriylar tarixi davlat muzeyi 25-fevraldan vaqtincha yopildi / Foto: FA

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan muzey faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda akademiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 25-fevraldan boshlab muzey tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi. Bu qaror binoni rekonstruksiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish hamda yangi ekspozitsiyani yaratish ishlarini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.

Rekonstruksiya ishlari muzey infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, ekspozitsiyalarni boyitish va tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay hamda interaktiv muhit yaratishga qaratiladi.

Muzeyning qayta ochilish sanasi haqida ma’lumot qo‘shimcha ravishda rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda taroveh namozi vaqtida bir qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartirilishi haqida yozgan edik.