Toshkentda avtobuslardan tushgan daromad 644 mlrd so‘mga yetdi

eʼlon qilindi
2025-yil davomida jami 412,4 million yo‘lovchi tashilgan
Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul to‘lovlari bekor qilinadi
Foto: Transport vazirligi

2025-yil yakunlariga ko‘ra, poytaxtda avtobus orqali yo‘lovchi tashishdan 644 milliard so‘m tushum olindi. Bu haqda Toshkent yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish markazi direktori o‘rinbosari Alimardon Abdullayev ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, 2024-yilda ushbu ko‘rsatkich 554,4 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yili daromad 90,2 milliard so‘mga oshgan. Natijada yillik o‘sish sur’ati 16,2 foizni tashkil qilgan.

Shuningdek, jamoat transporti qatnovi samaradorligi ham yaxshilangan. Avtobuslar harakat oralig‘i avvalgi 18 – 20 daqiqadan 8 – 10 daqiqagacha qisqartirilgan. Bu esa yo‘lovchilar oqimining sezilarli ko‘payishiga olib kelgan. Hozirda kunlik o‘rtacha yo‘lovchilar soni 1,4 million nafarga yetgan, ilgari esa bu ko‘rsatkich qariyb 650 ming atrofida edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil davomida jami 412,4 million yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, bu 2024-yildagiga nisbatan 85,7 million nafarga yoki 26,2 foizga ko‘pdir.

Ayni paytda nazorat tadbirlari ham kuchaytirilgan. Transport nazorati inspeksiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil boshidan buyon 18,6 mingdan ortiq holatda yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lamagan yo‘lovchilar aniqlangan. Ularga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanib, tushuntirish va profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fevral oyida 7 mingdan ortiq yo‘lovchilarning yo‘l haqi to‘lamagani aniqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek