Gadjetlar

Xiaomi yangi qidiruv trekeri Xiaomi Tag’ni sotuvga chiqardi

Xiaomi Tag hozircha Malayziyada sotuvga chiqarilgan
Foto: Xiaomi

Xiaomi yo‘qolib qolgan buyumlarni topishga mo‘ljallangan o‘zining yangi Bluetooth-trekeri — Xiaomi Tag’ni rasman namoyish qildi. Qurilma atrofdagi smartfonlar orqali signal yuborib, buyum joylashuvini aniqlashga yordam beradi.

Qanday ishlaydi

Xiaomi Tag Bluetooth signallarini yaqin atrofdagi qurilmalarga uzatadi. Ushbu qurilmalar signalni bulut tizimiga jo‘natadi va egasi ilova orqali buyum joylashuvini ko‘ra oladi.

Treker quyidagi tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlaydi:

  • Apple Find My
  • Android Find Hub

Apple foydalanuvchilari uchun unutib qoldirilgan buyum haqida ogohlantirish funksiyasi ham mavjud.

Xavfsizlik funksiyasi

Xiaomi begona kuzatuvning oldini olish uchun himoya mexanizmini ham qo‘shgan. Agar treker boshqa foydalanuvchi bilan uzoq vaqt yonma-yon harakatlansa, qurilma ogohlantirish yuboradi.

Foto: Xiaomi

Texnik xususiyatlari

  • Himoya darajasi: IP67 (chang va suvga chidamli)
  • Bluetooth 5.4
  • Batareya: CR2032 (taxminan 1 yil ishlash muddati)
  • Og‘irligi: 10 gramm

Narxi

Xiaomi Tag hozircha Malayziyada sotuvga chiqarilgan. Narxi — 59 ringgit, bu taxminan $12–$13 atrofida. Shuningdek, to‘rtta trekerdan iborat to‘plamni ham xarid qilish mumkin.

Yangi qurilma kalit, sumka, chamadon yoki boshqa muhim buyumlarni kuzatishda qulay va ixcham yechim sifatida taqdim etilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi SU7 yangi qizil rangda chiqishi haqida yozgandi.