Yangiliklar

2025-yilda don va dukkakli ekinlar yetishtirish 13 foizga oshdi

Respublika bo‘yicha jami 10 million tonnadan ortiq don ekinlari yetishtirildi
Foto: Milliy statistika qo’mitasi

O‘zbekistonda 2025-yili barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 10 mln 112 ming 87 tonna don va dukkakli ekinlar yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 13 foizga o‘sgan.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Farg‘ona viloyati yetishtirilgan hosil hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bu yerda 1 mln 147 ming 9 tonna don yig‘ib olingan. Undan keyingi o‘rinlarda Samarqand (1 mln 16 ming 447 tonna) va Qashqadaryo (954,6 ming tonna) viloyatlari bormoqda.

Donli ekinlar hosili – 2025 yil (hududlar kesimida)

HududHajmi (tonna)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi393 056
Andijon viloyati788 663
Buxoro viloyati761 690
Jizzax viloyati892 369
Qashqadaryo viloyati892 369
Namangan viloyati831 942
Samarqand viloyati1 016 447
Surxondaryo viloyati888 322
Sirdaryo viloyati635 304
Toshkent viloyati769 613
Farg‘ona viloyati1 147 009
Xorazm viloyati724 217

Jami: 10,1 mln tonnadan ortiq.

Eng kam hosil Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 308 ming tonna va 393 ming tonnani tashkil qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 14 ming tonna arab xurmosi import qilingani haqida xabar bergan edi.