Chevrolet Tracker Midnight nega ommalashmoqda

26-fevral 2026 11:04 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tracker Midnight nega ommalashmoqda
Foto: Chevrolet

Chevrolet’ning 2026-yilgi Midnight Edition paketlari AQSh bozorida yuqori talabga ega bo‘lmoqda. GMAutority nashrining yozishicha, qora uslubdagi ushbu to‘plam Chevrolet Tracker va Chevrolet Trailblazer modellari uchun taklif etilgan.

Ichki ma’lumotlarga ko‘ra, Tracker buyurtmalarining 28 foizi aynan Midnight Edition paketiga to‘g‘ri kelmoqda. Trailblazer’da esa bu ko‘rsatkich 29 foizga yetgan. Bu deyarli har uchinchi xaridor qora stil paketini tanlayotganini anglatadi.

Foto: Chevrolet

Midnight Edition Tracker uchun $695, Trailblazer uchun esa $895 qo‘shimcha to‘lov evaziga taklif qilinadi. Paket tarkibiga qora alyuminiy disklar, old va orqa qora logotip, qora radiator panjarasi elementi kiradi.

Tracker 17 dyuymli, Trailblazer esa 18 dyuymli qora disklar bilan jihozlanadi.

Foto: Chevrolet

Bundan tashqari, yon ko‘zgular qopqog‘i, tom relslari va tashqi yozuvlar ham qoraytiriladi. Paket istalgan kuzov rangi bilan birlashtiriladi. Bu ikki rangli kombinatsiyalar yaratish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Tracker boshqa davlatlarda qanday narxda sotilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek