Avto

Chevrolet va Hyundai yangi pikapini qayerda ishlab chiqaradi

Loyiha hali rejalashtirish bosqichida
2026-yilning eng qiziqarli avtomobillari: kutilayotgan modellar
Foto: ijtimoiy tarmoq

General Motors 2025-yil avgustida Hyundai bilan hamkorlikda yangi o‘rta o‘lchamli pikap ishlab chiqishini e’lon qilgan edi. GM Authority’ga ko‘ra, hozir kompaniya ushbu modelni qaysi zavodda ishlab chiqarish masalasini hal qilmoqda.

Loyiha hali rejalashtirish bosqichida. GM va Hyundai yangi Chevrolet va Hyundai modellari uchun zarur investitsiya strategiyasini aniqlamoqda. Platformani ishlab chiqishda GM yetakchi hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha GM Braziliya muhandislari tomonidan boshqarilmoqda. Yangi pikap 2028-yilda taqdim etilishi kutilmoqda. U keyingi avlod Chevrolet S10 va Hyundai’ning ilk o‘rta o‘lchamli pikapi bo‘ladi.

Ishlab chiqarish ehtimol GM’ning Braziliyadagi São José dos Campos zavodida yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu zavod hozirda S10 va TrailBlazer SUV’ni ishlab chiqaradi. Uning quvvatining taxminan 70 foizi ishlatilmoqda, qolgan qismi esa bo‘sh turibdi.

Yana bir ehtimoliy variant Argentinadagi Alvear zavodi. U yerda hozir asosan Chevrolet Tracker’ning ayrim versiyalari ishlab chiqarilmoqda va quvvat to‘liq band emas.

GM va Hyundai ushbu loyiha bo‘yicha qaysi zavod tanlanishini hali rasman e’lon qilmagan. Investitsiya qarori joriy yil ichida ma’lum qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Blazer eng qoniqarsiz elektromobil sifatida baholangani haqida xabar berilgandi. Tadqiqotda yurish masofasi aniqligi, foydalanish xarajatlari, haydash zavqi va sifat kabi 10 ta omil baholangan. Past ball egalar ayrim jihatlardan norozi ekanini ko‘rsatadi.