Energetika vazirligi Qoraqalpog‘istonda «metan zapravka»lar faoliyati cheklanganini rad etdi

eʼlon qilindi
Magistral gaz quvurlarida bosim barqaror bo‘lib, mamlakat bo‘ylab barcha shoxobchalar uzluksiz ishlashda davom etmoqda.
Foto: O‘zenergoinspeksiya

O‘zbekistonning barcha hududlarida, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati to‘xtatilgani yo‘q. Bu haqda Energetika vazirligining rasmiy xabarida aytiladi.

Ta’kidlanishicha, magistral gaz quvurlarida bosim bir me’yorda saqlanmoqda. Avvalroq Hududgaz Qoraqalpog‘iston gaz ta’minoti filiali hududdagi «metan zapravka»lar faoliyati vaqtinchalik cheklangani haqida xabar bergan edi. Bunga sovuq ob-havo oqibatida hududdagi magistral gaz tarmoqlarida bosimning pasayishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ushbu xabarda cheklovlar doirasida tabiiy gaz birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ta’minlashga yo‘naltirilishi ta’kidlangan. Shuningdek, vaziyat 3−4 kun ichida to‘liq barqarorlashishi kutilayotgani ma’lum qilingan edi.

Keyinroq Hududgaz Qoraqalpog‘iston gaz ta’minoti filiali rasmiy xabar bilan chiqib hozirgi vaqtda barcha «metan zapravka»larga tabiiy gaz yetkazib berish to‘liq tiklanganini va shoxobchalar belgilangan tartibda o‘z faoliyatini davom ettirayotgani haqida ma’lum qilgan.

Biroq Energetika vazirligi mazkur cheklovlar haqidagi ma’lumotni rad etib, butun respublika bo‘ylab barcha gaz shoxobchalari shtat rejimida ishlayotganini tasdiqladi.

Eltabib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Hazoraspda 13,1 mlrd so‘mlik gaz talon-toroj qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek