Geely Monjaro 2025-yilda AWD segmentida yetakchiga aylandi

26-fevral 2026 21:16 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Grok

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Geely Monjaro Rossiya bozorida eng ko‘p sotilgan to‘liq uzatmali (AWD) avtomobilga aylandi. Bu haqda Avtostat ma’lumot berdi.

O‘tgan yil davomida ushbu modeldan 37 660 dona sotilgan va natijada u segmentda birinchi o‘rinni egallagan. Monjaro shu tariqa bozordagi an’anaviy yetakchilarni ortda qoldirdi.

Ikkinchi pog‘onani Lada Niva Legend band etdi – 34 310 dona. Kuchli uchlikni esa Lada Niva Travel yakunladi, ushbu modeldan 34 076 dona realizatsiya qilingan.

Umuman olganda, 2025-yilda Rossiyada 524 063 dona to‘liq uzatmali avtomobil sotilgan. Bu ko‘rsatkich umumiy avtomobil bozorining 39,5 foizini tashkil etadi. Shunga qaramay, segment hajmi avvalgi yilga nisbatan 13 foizga qisqargan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hyundai Ford Ranger va Toyota Tacoma’ga raqib tayyorlayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek