Kolumbiyada kuchli loy vulqoni otildi

eʼlon qilindi
Favqulodda holat San-Xuan-de-Uraba munitsipalitetidagi tabiiy ofat xavfini boshqarish kengashi hamda Antyokiya departamenti xavflarni boshqarish ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan
Kolumbiyada kuchli loy vulqoni otildi
Foto: Pexels

Kolumbiyaning Antyokiya departamentida joylashgan San-Xuan-de-Uraba hududida loy vulqoni kuchli otilishni boshladi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib El Tiempo nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda holat San-Xuan-de-Uraba munitsipalitetidagi tabiiy ofat xavfini boshqarish kengashi hamda Antyokiya departamenti xavflarni boshqarish ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan. Otilish suvni tozalash inshooti yaqinidagi hududda sodir bo‘lgan.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Hozircha talafotlar yoki jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmadi. Mahalliy xizmatlar vaziyatni nazoratga olgan.

Avvalroq 13-fevral kuni Frans Press agentligi Hind okeanidagi Fransiyaga qarashli Reyunion orolida joylashgan dunyodagi eng faol vulqonlardan biri – Piton-de-la-Furnez vulqoni ham otila boshlagani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Efiopiyada 10 ming yildan beri uxlayotgan vulqon otilishni boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek