
Kolumbiyaning Antyokiya departamentida joylashgan San-Xuan-de-Uraba hududida loy vulqoni kuchli otilishni boshladi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib El Tiempo nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda holat San-Xuan-de-Uraba munitsipalitetidagi tabiiy ofat xavfini boshqarish kengashi hamda Antyokiya departamenti xavflarni boshqarish ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan. Otilish suvni tozalash inshooti yaqinidagi hududda sodir bo‘lgan.
Hozircha talafotlar yoki jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmadi. Mahalliy xizmatlar vaziyatni nazoratga olgan.
Avvalroq 13-fevral kuni Frans Press agentligi Hind okeanidagi Fransiyaga qarashli Reyunion orolida joylashgan dunyodagi eng faol vulqonlardan biri – Piton-de-la-Furnez vulqoni ham otila boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Efiopiyada 10 ming yildan beri uxlayotgan vulqon otilishni boshlagani haqida yozgan edi.