O‘tgan yilda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 10 foizdan ko‘proqqa o‘sdi

eʼlon qilindi
Jami 227 trln so‘mni tashkil etgan
Restoran biznesida 2025-yildagi o‘zgarishlar: tahlil va prognozlar
Foto: Sun’iy intellekt

2025-yilda O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 227 trln so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 10,4 foizga o‘sgan. Hududlar kesimida esa quyidagicha:

HududHajm (trln so‘m)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi12,4 trln so‘m
Andijon viloyati15,1 trln so‘m
Buxoro viloyati11,6 trln so‘m
Jizzax viloyati6,9 trln so‘m
Qashqadaryo viloyati20 trln so‘m
Navoiy viloyati6,9 trln so‘m
Namangan viloyati23,6 trln so‘m
Samarqand viloyati26 trln so‘m
Surxondaryo viloyati9,8 trln so‘m
Sirdaryo viloyati4,4 trln so‘m
Toshkent viloyati16,1 trln so‘m
Farg‘ona viloyati22,8 trln so‘m
Xorazm viloyati12,6 trln so‘m
Toshkent shahri38,7 trln so‘m

Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Samarqand, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham xizmatlar hajmi yuqori darajada shakllangan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda nechta «avtomoyka» borligi ochiqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek