Yangiliklar

O‘zbekistonning birinchi kosmonavti, Qo‘qondagi gaz portlashi, «Almeria»ni sotib olgan Ronaldu — 26-fevral kungi muhim yangiliklar dayjesti

Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
26-fevral kungi muhim yangiliklar dayjesti / Foto: Ochiq manbalardan
O’zbekistonning birinchi kosmonavti kim?
O’zbekistonning birinchi kosmonavti kim bo’ladi / Foto: Sun’iy intellekt

O‘zbekistonning birinchi kosmonavti kim bo‘ladi

O‘zbekiston anchadan buyon kosmosga parvoz dasturi ustida ish olib bormoqda. Shunday ekan, O‘zbekistonning ilk kosmonavti kim bo‘lishi barchaga qiziq. «O‘zbekkosmos» agentligi matbuot kotibi ushbu savolga javob berdi.

метановая заправка
Foto: Autostrada.uz

O‘zbekistondagi «zapravka»larda 1-apreldan benzin faqat karta orqali sotiladi

1-apreldan boshlab O‘zbekistonda avtomobillarga yonilg‘i quyish uchun to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Bu haqda prezident farmonida keltirilgan.

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

Amerikalik tadbirkor, Microsoft hammuassisi Bill Geyts Jeffrey Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi va turmush o‘rtog‘iga xiyonat qilganini tan oldi. Bu haqda The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Qo‘qondagi uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Tergov departamenti

Qo‘qondagi uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qo‘qonda yuz bergan ko‘p qavatli uydagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda. Voqea joyida 2007-yilda tug‘ilgan fuqaro beton plita bosib qolishi oqibatida og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan.

Qirg‘izistonda yuqori lavozimlardagi amaldorlar lavozimidan olindi
Foto: AKIPress

Qirg‘izistonda yana qator amaldorlar lavozimidan ozod etildi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bir qator yuqori lavozimdagi amaldorlarni vazifasidan ozod qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Hans-Jürgen Weinhardt / Unsplash

O‘zbekistonning uchta shahri Osiyoning eng chiroyli 30 ta shahri ro‘yxatiga kiritildi

Polshaning National Geographic Traveler jurnalining maxsus sonida O‘zbekiston shaharlariga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Unda Samarqand, Buxoro va Xiva Osiyoning eng go‘zal 30 ta shahri qatoridan joy oldi.

Foto: Telegram-kanal / Xayrulla Hamidov

Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning «Almeria» klubi hammuassisiga aylandi

Krishtianu Ronaldu Ispaniya ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi «Almeria» klubining 25 foiz aksiyasini xarid qildi. Ushbu kelishuv futbolchining CR7 Sports Investments kompaniyasi orqali amalga oshirilgan. Bu haqda klub ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW M4 bilan YPX inspektorini urib yubordi
Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW M4 bilan YPX inspektorini urib yubordi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW M4 bilan YPX inspektorini urib yubordi

Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW M4 avtomashinani haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, YPX inspektorini urib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.

Turkiyadagi xorijlik kelinlar orasida O‘zbekistonliklar ikkinchi o‘rinda
Turkiyadagi xorijlik kelinlar orasida O‘zbekistonliklar ikkinchi o‘rinda / Foto: Sun’iy intellekt

Turkiyadagi xorijlik kelinlar orasida o‘zbekistonliklar ikkinchi o‘rinda

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Turkiyaga kelin bo‘lgan xorijliklar orasida O‘zbekiston fuqarolari umumiy ko‘rsatkichning 13,7 foizini tashkil qilmoqda.