Yangiliklar

Saharlikni tahoratsiz qilish mumkinmi

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari javob berdi
Ramazon
Foto: Pexels.com

Saharlikda tahoratsiz ham ro‘zani niyat qilish mumkin. Bunda asosan niyatga qaraladi.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari «Saharlikda tahoratsiz ro‘zani niyat qilsa bo‘ladimi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:

«Bismillahir rohmanir rohiym. Albatta, saharlikda tahoratsiz bo‘lsa-da ro‘zani niyat qilish mumkin. Niyat durust bo‘lish uchun tahorat shart qilinmaydi. Tahorat namoz o‘qish va Qur’oni Karimni ushlash kabi ibodatlarda shart bo‘ladi. Vallohu a’lam», — deydi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.

Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud.