Samsung Galaxy S26 Ultra’da yangi Ocean Mode paydo bo‘ldi

26-fevral 2026 09:46 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Samsung Galaxy S26 Ultra’da yangi Ocean Mode paydo bo‘ldi
Foto: Sammobile

Samsung Galaxy S26 Ultra taqdimoti bilan birga yangi Ocean Mode funksiyasini ham rasman e’lon qildi. Ushbu texnologiya ilgari faqat olimlar uchun mo‘ljallangan maxsus vosita edi. Endi u professional suratga olish uchun mo‘ljallangan Expert RAW ilovasiga qo‘shildi.

Ocean Mode suvostida suratga olish sifatini yaxshilashga qaratilgan. Ilgari bu rejimdan asosan marjon riflari va dengiz hayotini o‘rganuvchi tadqiqotchilar foydalangan.

Foto: Sammobile

Samsung ma’lumotiga ko‘ra, olimlar smartfonlarni suv ostida ishlatishda maxsus qattiq va suv o‘tkazmaydigan g‘iloflardan foydalangan. Oddiy foydalanuvchilarga ham xuddi shunday himoya vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Yangi funksiya Galaxy S26 Ultra’ni suv osti suratga olish imkoniyatlari bo‘yicha yanada kuchliroq flagmanga aylantiradi.

Eslatib o‘tamiz avvalroq Samsung Galaxy S26 Ultra sotib olishga qanchalik arzishi haqida ma’lumot berilgandi. Qurilma binafsha, qora va oq ranglarda taklif etiladi. Oldingi avlodga nisbatan u 0,7 mm yupqaroq va 18 gramm yengilroq.

Shuningdek