Yangiliklar

Surxondaryoda bir yilda uch marta hosil olish texnologiyasi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev hududdagi «Tomorqa maktabi» faoliyati bilan tanishdi
Surxondaroda bir yilda uch marta hosil olish texnikasi joriy etiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Surxondaryo viloyatida bir yilda uch marta hosil olish texnikasi joriy etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev hududdagi «Tomorqa maktabi» faoliyati bilan tanishdi. Maktabda bir yilda uch marta hosil olish amaliyoti o‘rgatiladi. O‘quv jarayoniga olimlar va tajribali dehqonlar jalb etilgan. Hozirgacha 1,3 mingga nafarga yaqin fuqarolar maxsus kurslarni tamomlab, o‘z tomorqasida faoliyat boshlagan. Hokim yordamchilari har oy yuzlab tomorqa egalarini o‘qishga yo‘naltirmoqda.

Kurs tinglovchilariga bir sotix yerdan o‘rtacha 10 – 15 mln so‘m daromad olish metodikasi amaliy tarzda ko‘rsatiladi. «Agrostar» kompaniyalari esa urug‘ va ko‘chat bilan ta’minlab, mahsulotlarni xarid qilishni tashkil etadi.

Prezident maktabdagi sanoatlashgan bog‘lar va suv tejovchi tizimlar bilan tanishdi. Tadbirkorlar bilan muloqotda meva-sabzavotni qayta ishlash, qo‘shilgan qiymat yaratish hamda sitrus va tropik mevalarni yetishtirishni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Qashqadaryoda suv tanqisligiga qarshi sun’iy muzliklar barpo etilgani haqida yozgan edi.