Toshkentda 48,6 ming dollarni noqonuniy sotayotgan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Toshkentda 48,6 ming dollarni sotayotgan shaxs ushlandi
Foto: Unsplash

Toshkentda noqonuniy tarzda $48,6 mingni sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, departamentning Yangihayot tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro boshqa fuqaroga $48,6 mingni 600 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Jarayon davomida jami $49,9 ming ashyoviy dalil sifatida olingan.

Toshkentda 48,6 ming dollarni sotayotgan shaxs ushlandi
Foto: Departament

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jizzaxda hokimlik xodimi pora bilan qo‘lga tushgani haqida yozgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh mutaxassis yerni $11 mingga sotishga kelishib, avvaldan $5 ming olgan. Keyingi $6 ming hamda tegishli hujjatlarni hokimlik va kadastr idoralarida rasmiylashtirish evaziga $700 talab qilgan. Xodim jami $6,7 ming olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.

Shuningdek