
2025-yil yakunlariga ko‘ra, Turkiyaga kelin bo‘lgan xorijliklar orasida O‘zbekiston fuqarolari umumiy ko‘rsatkichning 13,7 foizini tashkil qilmoqda.
Bu natija O‘zbekistonni ro‘yxatda ikkinchi o‘ringa olib chiqdi. Birinchi o‘rinni 13,8 foiz bilan Suriya egallagan. Birinchi va ikkinchi o‘rindagi davlatlar orasidagi farq – 0,1%
Keyingi o‘rinlarda Marokash 9,6 foiz, Ozarbayjon 6,8 foiz, Rossiya va Germaniya fuqarolari 5-6 foiz atrofidagi ulush bilan joylashgan.
Shuningdek, turkmanistonlik kelinlar 4,3 foiz, Indoneziyaliklar 3,5 foiz va Eronliklar 3,5 foiz ko‘rsatkich bilan ro‘yxatdan o‘rin olgan. Qolgan davlatlar ulushi esa jami 33,7 foizni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ayollar orasida eng ko‘p nikoh 20 – 30 yosh oralig‘ida qayd etilgan edi.