Yangiliklar

Dollar haftani o‘sish bilan boshlaydi: 2-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

27-fevralda 0,53 so‘mga tushib, 12 136,57 so‘mni tashkil etgan edi
2-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Blogging Guide / Unsplash

2-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 35,61 so‘mga oshib, 12 172,18 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

23-fevral kuni dollar 43,38 so‘mga oshib, 12 212,79 so‘mni tashkil etdi. 24-fevral kuni dollar 23,34 so‘mga oshib, 12 236,13 so‘mga yetgan edi. 25-fevral kuni esa 48,45 so‘mga tushib, 12 190 so‘mni, 26-fevral kuni esa 50,58 so‘mga tushib, 12 137,10 so‘mni, 27-fevralda esa 0,53 so‘mga tushib, 12 136,57 so‘mni tashkil etdi.

Grafik: SI

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 38,36 so‘mga oshib, 14 357,09 so‘mni, rubl 0,29 so‘mga pasayib, 157,45 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi