8-mart munosabati bilan Ostonadagi ayrim ayollarga 21,6 dollar miqdorida pul beriladi

eʼlon qilindi
Mablag‘lar avtomatik tarzda o‘tkaziladi
8-mart arafasida Ostona ayollariga 21,6 dollardan pul beriladi
Foto: ijtimoiy tarmoq

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Ostonada ayrim ayollarga bir martalik pul to‘lovi ajratiladi. Kursiv Qozog‘istonga ko‘ra, mablag‘lar avtomatik tarzda o‘tkaziladi, ariza topshirish talab qilinmaydi.

2026-yilda to‘lov miqdori har bir kishi uchun 10 813 tengeni (yoki $21,6) tashkil etadi.

Mazkur yordam ko‘p bolali onalarga, jumladan, «Oltin alqa» va «Kumush alqa» nishonlari sohibalariga, shuningdek, kam ta’minlangan va poytaxtda doimiy ro‘yxatda turuvchi ayollarga beriladi. Jami 36–37 ming nafar ayol qo‘llab-quvvatlanishi ko‘zda tutilgan.

To‘lovlar mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi. Oluvchilar ro‘yxati davlat bazalari orqali oldindan shakllantirilgan. Shu sababli davlat organlariga alohida murojaat qilish shart emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmanistonda ham Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mamlakatdagi ayollar va qizlarga davlat nomidan pul sovg‘alari topshirilishi haqida xabar berilgandi

Pul sovg‘alari mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona va tashkilotlarda ishlayotgan xotin-qizlarga, nafaqaxo‘r va davlat ijtimoiy nafaqasi oluvchilarga beriladi. 

Shuningdek