
Audi kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan yangi Audi RS5 avtomobilining vazni 2,3 tonnaga yetdi. Bu haqda «Tarantas News» nashri ma’lum qildi.
Kompaniya og‘irlik oshishini plug-in gibrid arxitekturaga o‘tish bilan izohlamoqda. Model 22 kVt/soat sig‘imli batareya va kattalashgan kuzovga ega bo‘lgan. Shu sabab vazn sezilarli ortgan.
Audi Sport rahbari vazn oshganini tan olgan, biroq avtomobil harakatda yengil va aniq his berishini ta’kidlagan. Kompaniyaga ko‘ra, orqa o‘qda elektromexanik moment vektorlanishi va yangi RS sport osmasi gibrid tizim imkoniyatlaridan foydalanib boshqaruvchanlikni yaxshilaydi.

1994-yilda chiqarilgan Audi RS2 Avant atigi 1 595 kg vaznga ega edi. Yangi RS5 undan 775 kg og‘ir. Hatto oldingi avlod Audi RS4 Avant B9 bilan solishtirilganda ham farq 625 kgni tashkil etadi. Opsional keramik tormozlar 30 kg yengillik beradi, biroq umumiy massaga katta ta’sir qilmaydi.
Shunga qaramay, Audi gibrid yo‘lni strategik zarurat deb baholamoqda. RS5 brend tarixidagi ilk PHEV modeli bo‘ldi. Keyingi qadam sifatida elektrlashtirilgan V8 bilan yanada og‘irroq Audi RS6 ham kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Audi Q7 premium avtomobilini o‘zgartirmoqchi ekanligi haqida yozgan edi.