
Netflix platformasida «Bridjertonlar» serialining to‘rtinchi mavsumi davomiy epizodlari e’lon qilindi. Endi mavsumning qolgan qismlari ham tomoshabinlar uchun ochiq.
Kursiv Qozog‘iston’ning yozishicha, yangi seriyalar Benedikt Bridjerton hikoyasini davom ettiradi. Avvalgi epizod yakunida u Sofini o‘zining sevgilisi bo‘lishga taklif qilgan edi, biroq qiz rad javobini bergan. Mavsumning davomida ularning mojarosi qanday yakun topishi va munosabatlari qayerga borishi ko‘rsatiladi.
Yangi epizodlarda Entoni va Keyt ham yana paydo bo‘ladi. Ular farzandi bilan Hindistonda sayohat qilgan va endi Londonga qaytmoqda.
«Bridjertonlar» so‘nggi yillarda Netflix’ning eng mashhur loyihalaridan biri hisoblanadi. Serial XIX asr boshidagi Britaniya aristokratiyasi hayoti haqida hikoya qiladi. Biroq u klassik tarixiy dramalardan zamonaviy yondashuvi bilan farq qiladi. Serialda turli millat vakillari ishtirok etadi. Masalan, qirolicha Sharlotta rolini aktrisa Golda Rosheuvel ijro etgan. Yangi mavsumda Sofi obrazini koreyalik aktrisa Yerin Ha gavdalantirgan.
To‘rtinchi mavsumning birinchi qismi 29-yanvar kuni chiqqan va tez orada Netflix reytingida yuqori o‘ringa ko‘tarilgan. IMDb’da dastlabki epizodlar taxminan 8 ball baho olgan.
Netflix oldinda yana beshinchi va oltinchi mavsumlar bo‘lishini tasdiqladi. Ular «Bridjertonlar» oilasining boshqa a’zolari Eloiza va Francheska haqida bo‘ladi. Qaysi biri birinchi markaziy qahramon bo‘lishi hozircha ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Uzoq shahar»ning 52-qismda nimalar bo‘lishi haqida ma’lumot berilgandi. Unda Alya o‘rmonda yugurib ketayotib yiqilib, boshini toshga uradi.
Shuningdek, yangi sahnada Denizni Boran qaytib olishi mumkin. Bu jarayonda u Alyani ham olib qochishga urinadi ammo qo‘ldan chiqaradi. Jihan esa akasini va Ejmelni zaiflashtirish uchun keskin choralar ko‘radi va Alyani topishga urinadi.
