
Google matn va tasvirlarni tahlil qilib, fotorealistik tasvirlar yaratuvchi SI modeli Nano Banana 2’ni taqdim etdi. Ushbu versiya Gemini 3.1 Flash Image nomi bilan ham tanilgan.
Ushbu model yaqinda chiqarilgan Gemini 3.1 Pro asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Fast, Thinking va Pro modellari doirasida Nano Banana Pro’ning o‘rnini egallaydi.

Nano Banana 2 maxsus vazifalar uchun Google AI Pro va Ultra obunachilari tomonidan ishlatiladigan Nano Banana Pro funksiyalarini ham saqlab qoladi. Shu bilan birga, u Google Search AI Mode’ga kiradi va Google ilovasi, shuningdek, mobil va desktop brauzerlarda ishlatilishi mumkin.

Google’ning ta’kidlashicha, Nano Banana 2 foydalanuvchilarga tezkor, ilg‘or dunyo bilimlari va mantiqiy fikrlash imkoniyatlarini taqdim etadi. Model real vaqt ma’lumotlari va veb tasvirlaridan foydalanib, tezkor tahrir va iteratsiyalarni amalga oshiradi, shuningdek, aniq mavzularni yuqori aniqlik bilan aks ettiradi.

Nano Banana 2 matnni aniq va o‘qiladigan shaklda yaratadi, shuningdek, tasvir ichidagi matnni tarjima va mahalliylashtirish imkoniyatiga ham ega. Model tezlik va vizual sifat o‘rtasidagi farqni kamaytirib, yuqori sifatli, fotorealistik tasvirlar yaratadi. U bir ish jarayonida beshta belgining o‘xshashligini va 14 ta obyektning aniqligini saqlay oladi, murakkab so‘rovlarni bajaradi va foydalanuvchi g‘oyalaridagi nozik jihatlarni aks ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nano Banana SI vositasi Maps ilovasiga integratsiya qilinishi haqida yozgan edik.