Yangiliklar

Meizu Xitoy bozori uchun smartfonlar ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatdi

Kompaniya e’tiborini sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishga qaratadi
Foto: laoyaoba.com

Meizu kompaniyasi bankrotlik va brendning butunlay yopilishi haqidagi mish-mishlarni rad etib, ichki bozor uchun yangi smartfonlar ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatganini rasman tasdiqladi.

Rejalashtirilgan o‘tish sababli Meizu 23 flagmanining chiqarilishi bekor qilindi. Tashqi bozorlar uchun smartfonlar, sun’iy intellekt ko‘zoynaklari va Pandaer gadjetlarini ishlab chiqarish davom etadi.

Foto: rozetked.me

Kompaniya buning sababi sifatida xotira narxlarining uzluksiz o‘sishi keyingi yangi modelni normal tijoratlashtirishni imkonsiz qilgani, shuningdek, ichki bozorda raqobat misli ko‘rilmagan darajada kuchaygani ta’kidlangan.

Resurslarni sun’iy intellektga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqishga, xususan Flyme dasturiy ekotizimini rivojlantirishga yo‘naltirish maqsad qilingan. So‘nggi yillarda Meizuning Xitoy bozoridagi ulushi 1 foizdan kam bo‘lgan, yillik savdo hajmi esa bir million qurilmaga ham yetmagan.

Kelgusida Meizu Powered by Flyme modeli bo‘yicha hamkorlikka urg‘u beradi. Kompaniya dasturiy ta’minotni sotish va litsenziyalashga o‘tmoqda. Flyme tizimi boshqa brendlar texnikasiga o‘rnatiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Meizu 22 smartfoni taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.