
Motorola FIFA Jahon chempionati rasmiy smartfon hamkori sifatida yangi mavzuli qurilmalarni taqdim etmoqda. Bu haqda GSMArena nashri ma’lum qildi.
Yil boshida kompaniya FIFA World Cup mavzusidagi birinchi qurilmasi – Razr 60 FIFA World Cup 26 Edition’ni ishga tushirgan. Endi esa Moto Razr Fold va Edge 70 FIFA World Cup 26 smartfonlari uchun rasmiy renderlar e’lon qilindi.
Razr Fold FIFA World Cup 26 Edition qora rang bilan bezatilgan bo‘lib, orqa panelida 26 raqamli naqsh va Motorola logotipi hamda FIFA 26 ramzi uchun oltin aksentlar berilgan. Qurilmaning qulflangandagi ekranida ham 26 naqshi ko‘rinadi. Bu esa Razr 60 FIFA World Cup edition kabi maxsus fonlar va qo‘ng‘iroq tovushlari mavjudligini bildiradi.
Edge 70 FIFA World Cup 26 Edition variantida dengiz ko‘k rang ishlatilgan bo‘lib, kameralar maydoni, logotip va pastki qismidagi FIFA logosi atrofidagi oltin aksentlar bilan to‘ldirilgan. Hozircha ikkala qurilma narxi va sotuv sanasi haqida ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.
Mish-mishlarga ko‘ra, yaqinda Motorola Signature va Edge 70 Fusion qurilmalarining ham FIFA mavzusidagi versiyalari ishga tushirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Motorola Moto G17 va G17 Power smartfonlarini taqdim etgan edi.



