Gadjetlar

Samsung Galaxy S24 va S23 uchun fevral yangilanishi e’lon qilindi

Hozircha yangilanish Janubiy Koreyada tarqatila boshlandi
Samsung Galaxy S24 va S23 uchun fevral yangilanishi e’lon qilindi
Foto: Getty images

Samsung Galaxy S24 va Galaxy S23 flagman smartfonlari uchun yangi dasturiy yangilanish chiqarildi. Sammobile’ga ko‘ra, unda 2026-yil fevral oyi xavfsizlik tuzatmasi mavjud.

Yangilanish EZB2 texnik indeksiga ega bo‘lib, hajmi taxminan 442 MBni tashkil etadi. Yangilanishning asosiy maqsadi foydalanuvchi ma’lumotlari himoyasini kuchaytirishdan iborat.

Mazkur patch Android tizimi va One UI qobig‘ida aniqlangan 37 ta zaiflikni bartaraf etadi. Hozircha yangilanish Janubiy Koreyada tarqatila boshlandi. Yaqin kunlarda boshqa hududlardagi foydalanuvchilarga ham taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S26 Ultra’da yangi Ocean Mode paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ushbu texnologiya ilgari faqat olimlar uchun mo‘ljallangan maxsus vosita edi. Endi u professional suratga olish uchun mo‘ljallangan Expert RAW ilovasiga qo‘shildi.

Ocean Mode suvostida suratga olish sifatini yaxshilashga qaratilgan. Ilgari bu rejimdan, asosan, marjon riflari va dengiz hayotini o‘rganuvchi tadqiqotchilar foydalangan.