Fan

Sobiq Oculus muhandisi itiga o‘yin kodi yozishni o‘rgatdi

O‘z iti Momoni
Foto: Kaleb Lik blogi

Dasturchi va sobiq Oculus muhandisi Kaleb Lik o‘z iti Momoni sun’iy intellekt yordamida o‘yinlar yaratishga o‘rgatdi. Bu haqda muhandis o‘zining blogida yozdi.

«Agar biror g‘alati yoki yaxshi ishlamaydigan ilovaga duch kelsangiz, ehtimol uni kimningdir iti yaratgan bo‘lishi mumkin», — deya hazillashadi muallif.

Kaleb iti Claude chat-botidan o‘zini daho geymdizayne sifatida tasavvur qilishni va sirli belgilar orqali berilgan topshiriqlarni o‘yin kodi ko‘rinishiga keltirishni so‘ragan.

Shundan so‘ng u itini klaviaturada tugmalarni bosishga o‘rgatgan: har safar Momo klaviaturani bosganda, avtomatik oziqlantirgichdan yegulik berilgan. Natijada tasodifiy belgilar tezda kodga aylangan, Claude esa ularni o‘yinga mos dastur satrlariga aylantirgan.

Bundan tashqari, Kaleb Claude’ni tester sifatida ham sozlagan — sun’iy intellekt o‘yinga mustaqil ravishda buyruqlar yuborib, uning ishlashini tekshirgan. Tajriba uchun maxsus klaviatura, Raspberry Pi mikrokontrolleri va boshqa texnik vositalar qo‘llanilgan.

Dastlabki o‘yinlar ancha sodda va xom chiqqan. Shundan so‘ng muhandis Claude uchun minimal talablar belgilagan: o‘yinda ovoz bo‘lishi, WASD tugmalari orqali boshqaruv ishlashi, qahramon va raqiblar mavjud bo‘lishi shart qilib qo‘yilgan.

Natijada Momo va sun’iy intellekt tandemi bir nechta oddiy, ammo ishlaydigan o‘yinlarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. O‘yinlarga havolalar hamda jarayon aks etgan videolar muallifning blogida e’lon qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mushuklar egasiga qanchalik bog‘langanligi haqida yozgandi.