Bitim amalga oshmadi: Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini sotib olish kurashidan chiqib, taklifini bekor qildi. G‘olib esa Paramount Skydance, deya xabar qilmoqda Reuters.
Kompaniya o‘tgan yilning dekabr oyida Paramount’ni ortda qoldirib, salkam $83 mlrdlik bitim bilan WBD’ni sotib olishga harakat qilgan edi. Netflix rahbariyati Paramount’ning so‘nggi taklifiga javob berish moliyaviy jozibador emasligini va o‘z taklifini bekor qilishini bildirgan.

Paramount va Warner Bros. birlashuvi ikki asosiy Hollywood studiyasini, HBO Max va Paramount+ platformalarini hamda CNN va CBS yangilik xizmatlarini birlashtiradi. Biroq bitim AQSh va boshqa mamlakatlarda, shu jumladan, Kaliforniyada ishonchsizlik tekshiruviga duch kelishi mumkin.
Paramount Skydance’ning so‘nggi taklifi har bir aksiya uchun $31 ni tashkil qilmoqda. Bu Netflix’ning $27,75 taklifidan yuqori bo‘lib, umumiy qiymat taxminan $90 mlrd atrofida bo‘lishi mumkin (aksiyalar soniga qarab). Paramount agar WBD‘ni sotib olmasa, $7 mlrd jarima to‘lashga va Netflix’ga $2,8 mlrd kompensatsiya berishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maxshur aktyorlar Mett Deymon va Ben Afflek Netflix strategiyasini tanqid qilgan edi.