Yangiliklar

Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 nafar ayblanuvchi ishi sudga oshirildi

10 nafar gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish, yana bir kishiga esa uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan
Farg‘onada bolalarning ommaviy zaharlanishi yuzasidan jinoyat ishi ochildi
Foto: Sun’iy intellekt

O‘tgan yil sentabr oyida Toshkent viloyatidagi bir nechta maktabgacha ta’lim muassasalarida yuz bergan ommaviy zaharlanish holati yuzasidan 11 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar orasida Shark Milk Product korxonasi rahbariyati va texnik xodimlari, shuningdek, Governess Business, Kinder Garden Group, Innavation Outsourcing Servise hamda Nishon Invest kompaniyalari mas’ullari bor. Ular oziq-ovqat xavfsizligi talablarini buzishda gumon qilinmoqda.

Mazkur jinoyat ishi Bo‘ka tumani sudiga yuborilgan bo‘lib, hozirda sud majlisini tayinlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Sudgacha bo‘lgan jarayonda 10 nafar gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish, yana bir kishiga esa uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘onadagi bog‘chalarda 62 nafar bola ommaviy zaharlangani haqida yozgandi.