Kino va seriallar

«Uzoq shahar» 52-qism: Alyani nimalar kutmoqda

Serialining navbatdagi 52-qismi 2-mart Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da namoyish etilishi kutilmoqda
«Uzoq shahar» 52-qism: Alya o‘ladimi
Foto: Kanal D

23-fevral kuni efirga uzatilgan «Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining 51-qismidan keyin 52-qism tizeri ham e’lon qilingandi. Unda Alya o‘rmonda yugurib ketayotib yiqilib, boshini toshga uradi.

Shuningdek, mazkur sahnada Denizni Boran qaytib olishi namoyon bo‘ladi va bu jarayonda u Alyani ham olib qochishga urinadi, ammo qo‘ldan chiqaradi. Jihan esa akasini va Ejmelni zaiflashtirish uchun keskin choralar ko‘radi va Alyani topishga urinadi.

Uzak Şehir 52. Bölüm 1. Tanıtım | "Gece Uzun Sıra Bizde!"

Yaqinda mazkur qismning 2-tizer videosi ham e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, yangi qismda Alya Jihan tirik qolishi uchun o‘g‘lidan voz kechadi. Ya’ni uning manzilini Ejmel va Boranga aytadi. Buning qanchalar katta fidoyilik ekanini bilgan Jihan Denizni qaytarib olish uchun yanada qattiqroq harakat qiladi. Boran esa Alyani taqib qilsihda davom etadi. Endi eng katta savollardan biri Alyani keyingi qismda nima kutayotgani bo‘lmoqda.

Uzak Şehir 52. Bölüm 2. Tanıtım | "Yemin Olsun Boran'ı Affetmeyeceğim!"

Eslatib o‘tamiz, «Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining navbatdagi 52-qismi 2-mart Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da «Kanal D» telekanalida namoyish etiladi.