Yerni auksiondan olgan tadbirkorlarga 10 yilga 14 foizli kredit ajratiladi

eʼlon qilindi
4 yillik imtiyozli davr bilan
Yerni auksiondan olgan tadbirkorlarga 10 yilga 14 foizli kredit ajratiladi
Foto: depositphotos

Yerni auksiondan olgan tadbirkorlarga 10 yilga 14 foizli kredit ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda qayd etildi.

Xususan, Surxondaryo sharoitida issiqxonada mahsulot yetishtirish boshqa hududlarga nisbatan 2–3 barobar arzon ekani qayd etildi. Shu bois bu yil Ispaniyaning Almeriya tajribasi asosida 1 ming gektarda quyoshda isitiladigan issiqxonalar tashkil etiladi.

Bunday issiqxona quradigan tadbirkorlarga yer maydonlari 5 yilga bepul ijaraga beriladi. Ular yer osti suvi uchun to‘lovdan 3 yilga ozod qilinadi.

Viloyatda yana bir katta imkoniyat yaylov yerlaridan samarali foydalanish. Masalan, Boysunda 197 ming gektar yaylov mavjud. Darband daryosidagi nasoslar tiklanib, suv chiqarilsa, 10 ming gektar yaylovni foydalanishga kiritish mumkin. Shundan 1,5 ming gektariga kartoshka, qolgan qismiga ozuqabop ekinlar ekish rejalashtirilmoqda.

Zaxiradagi yaylov yerlarini o‘zlashtirish uchun boshlang‘ich narx normativ qiymatning 1 foizi miqdorida belgilanib, auksionga chiqariladi. Yerni auksionda olgan tadbirkorlarga 10 yilga, 4 yillik imtiyozli davr bilan 14 foizli kredit ajratiladi. Har 10 gektarga suv olib kelish uchun 120 mln so‘mgacha subsidiya beriladi.

Uch yillik dastur doirasida 58 ming gektar yaylovni aylanmaga kiritish va bu hududda 300 ming bosh qo‘y-echki boqishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyatdagi konlar atrofida sanoat korxonalarini joylashtirish bo‘yicha $200 mlnlik loyihalar shakllantirilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek