Dam olish kunlari 16 ta bankda valyuta ayirboshlash mumkin — roʻyxat

28-fevral va 1-mart kunlari 16 ta tijorat banki tomonidan valyuta ayirboshlash hamda xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati maʼlum qildi.
Shanba va yakshanba kunlari bank boʻlimlarida mijozlar xorijiy valyutani sotib olish va sotish, shuningdek, pul oʻtkazmalarini amalga oshirishlari mumkin.
Banklar roʻyxati:
SQB;
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida onlayn operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Eslatma: xizmat vaqti boʻyicha maʼlumotlarni toʻgʻridan toʻgʻri tegishli banklarning rasmiy sahifalari yoki aloqa markazlaridan aniqlashtirishni tavsiya etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan haftada davomida dollar qariyb 76 soʻmga arzonlashgani haqida xabar bergan edi.