
Ekish mavsumi boshlanishi arafasida yonilgʻi narxlari nazoratga olindi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi ma’lum qildi.
Qoʻmita neft mahsulotlari bozoridagi vaziyatni doimiy monitoring qilmoqda. Gap dizel yonilgʻisi va benzinga oid savdolar haqida bormoqda.
Bugungi kunda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer xoʻjaliklarining ehtiyojini qoplash imkonini beruvchi yetarli hajmdagi benzin va dizel yonilgʻisi birja savdolari orqali realizatsiya qilinayotgani ta’kidlandi.
Tashkilot ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda manfaatdor idoralarga ekin ekishga tayyorgarlik koʻrish va mavsumni oʻtkazish davrida fermer xoʻjaliklarining yonilgʻi ehtiyojini oʻz vaqtida ta’minlash yuzasidan tezkor choralar koʻrishni tavsiya etdi.
Shuningdek, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer xoʻjaliklariga neft mahsulotlari bilan ta’minlashda muammo yuzaga kelgan taqdirda qoʻmitaning hududiy organlariga murojaat qilish tavsiya etildi.
Shuningdek, qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalari birja savdolari davomida shakllanayotgan yonilgʻi narxlarini muntazam monitoring qilib borishini ma’lum qildi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondagi «zapravka»larda 1-apreldan benzin faqat karta orqali sotilishi haqida xabar bergan edi.