Eron va Isroil havo hududi yopilishi sabab O‘zbekistonga aloqador qator reyslar ortga qaytdi
eʼlon qilindi
Cheklovlar Toshkent vaqti bilan soat 11:30 dan 17:00 gacha amal qilgan

Eron va Isroil havo hududlari yopilgani sabab bir nechta aviareyslar jo‘nash aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, cheklovlar Toshkent vaqti bilan soat 11:30 dan 17:00 gacha amal qilgan.
- 7Q4461 (Fly One Asia): Andijon — Madina yo‘nalishida uchgan reys Andijon aeroportiga qaytdi.
- 7Q342 (Fly One Asia): Madina — Toshkent yo‘nalishida uchgan reys Madina aeroportiga qaytdi.
- HH901 (Qanot Sharq): Toshkent — Dubay yo‘nalishidagi reys Toshkent aeroportiga qaytdi.
- 2U7706 (Fly Khiva): Madina — Andijon yo‘nalishida uchgan samolyot Madina aeroportiga qaytdi.
- 9S3302 (Air Samarkand): Jidda — Toshkent yo’nalishida uchgan samolyot Jidda aeroportiga qaytdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp AQShning Eronga qarshi keng ko‘lamli operatsiyasini tasdiqlagani haqida xabar bergan edi.