Lifestyle

Munajjimlar bashorati: 28-fevral qanday o‘tadi

28-fevral uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz

Kamroq tavakkal qilishga va omadli tasodiflarga emas, balki o‘z kuchingizga tayanishga harakat qiling. Bu yomon kun emas, lekin hammasi o‘z-o‘zidan yaxshi bo‘lib ketishini kutish xato bo‘ladi. Kerakli natijaga erishish uchun mehnat qilish kerak bo‘lishi ehtimoli ko‘proq. Quyida burjlar bo‘yicha 28-fevral uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.

Qo‘y (21.03 – 20.04)

Kun oson kechmaydi. Ko‘plar o‘zlarining barcha maqsadlariga imkon qadar tezroq erishishni xohlaydi, ammo voqealar juda sekin rivojlanib, burj vakillarini asabiylashtiradi. Qanchalik zudlik bilan ulkan loyiha ustida ishlashni istasangiz ham, ishni kichikdan boshlagan ma’qul. Bir nechta murakkab bo‘lmagan ishlarni muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan so‘ng, jiddiyroq ishga o‘tishingiz mumkinligi ma’lum bo‘ladi.

Buzoq (21.04 – 20.05)

Xavotirga o‘rin yo‘q: sizni yoqimli va qiziqarli kun kutmoqda. Omad ko‘plab dadil tashabbuslarga hamroh bo‘ladi va agar siz anchadan beri boshlashga jur’at etmagan ishingizga kirishsangiz, tezda birinchi muvaffaqiyatlarga erishasiz. Ittifoqchilarni topish qiyin bo‘lmaydi, ular orasida sizning eski tanishlaringiz ham, yaqinda birinchi marta uchrashganlaringiz ham bo‘lishi mumkin.

Egizaklar (21.05 – 21.06)

Kunning boshida ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Bu, birinchi navbatda, muhim narsani o‘ylaganlarga tegishli, ammo burjning qolgan vakillariga ham ehtiyotkorlik, hushyorlik va tafsilotlarga e’tibor berish zarar qilmaydi. Ayniqsa, yaqindagina tanishgan kishilar bilan muloqot qilayotgan bo‘lsangiz, muloqotda sinchkovlik ko‘rsatganingiz ma’qul. Afsuski, bunday odamlar sizni chalg‘itishga yoki adashtirishga urinishi xavfi bor.

Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Sizni juda notinch kun kutmoqda. Gap bir vaqtning o‘zida bir nechta ish bilan shug‘ullanishingiz kerakligida emas, balki atrofingizda sodir bo‘layotgan barcha narsalarga keskin munosabatda bo‘lishingizdadir. Hatto arzimagan hodisalarni ham ko‘pchilik yuraklariga juda yaqin oladi, ba’zi burj vakillari esa ahamiyatsiz va deyarli e’tiborga loyiq bo‘lmagan hodisalardan uzoq muddatli xulosalar chiqara boshlaydi.

Pulga ehtiyot bo‘lish kerak. O‘tkinchi istaklarni qondirish uchun juda ko‘p pul sarflamaslikka harakat qiling va usiz ham oson bo‘lgan narsalarni kreditga sotib olmang.

Arslon (23.07 – 22.08)

Bu kun siz ilgari til topisha olmagan odamlar bilan muloqot qilish uchun mos keladi. Intuitsiya sizga umuman o‘xshamaydigan va ilgari aloqaga istar-istamas kirgan odamlarga yo‘l topishga yordam beradi. Oddiy bo‘lmagan, shu jumladan, siz hatto boshlashga jur’at etmagan suhbatlarni xotirjam va konstruktiv tarzda o‘tkazishga muvaffaq bo‘lasiz, natijada siz nafaqat kerakli ma’lumotni olasiz, balki yaqin kelajakdagi rejalaringizni ham belgilab olasiz.

Pul tushumlari bo‘lishi ehtimoli bor va umuman olganda, kun moliyaviy jihatdan qulay bo‘ladi. U xaridlar va bitimlar uchun mos keladi. Siz ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaysiz, lekin ortiqcha tejamkorlik ham qilmaysiz.

Parizod (23.08 – 23.09)

Ishlar kutilmaganda ko‘p bo‘ladi, ko‘plab vazifalar darhol hal qilishni talab qiladi va ularni hal qilish uchun ko‘p kuch sarflashingiz kerak bo‘ladi. Buning ustiga, kun kutilmaganda mayda-chuyda anglashilmovchiliklar, qandaydir chalg‘ituvchi hodisalar va tasodiflar uchun saxiy bo‘lib qoladi. Ba’zilarning nafas rostlashga vaqti bo‘lmaydi: burj vakillari o‘zlarining va boshqalarning muammolarini hal qilish bilan band bo‘ladi.

Tarozi (24.09 – 23.10)

Agar siz darhol asosiy narsaga e’tibor qaratsangiz, juda ko‘p ishlarni amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan kunlardan biri. Qanday rejalar tuzmang, hozir arzimagan narsalarga chalg‘imaslik kerakligini unutmang. Bu, birinchi navbatda, o‘z maqsadi sari yolg‘iz boradiganlarga taalluqli. Burjning bunday vakillari ko‘p kuchlarini behuda sarflashi va aynan shu sababli uzoq vaqtdan beri intilayotgan narsalarini qo‘ldan boy berishi mumkin.

Chayon (24.10 – 22.11)

Bugun sizda paydo bo‘ladigan g‘ayrioddiy g‘oyalar dastlab ajoyib tuyuladi. Lekin ularni amalga oshirishga kirishishdan oldin yana bir bor tanqidiy baho bering. Ehtimol, siz ilgari e’tibor bermagan tafsilotlarga e’tibor berarsiz va aynan shu sababli xatolarga yo‘l qo‘ymaysiz va ko‘p qiyinchiliklardan qochishingiz mumkin.

Uydagi qandaydir mayda muammolar yoki kutilmaganda yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar ba’zi burj vakillarini asabiylashishga majbur qilishi mumkin. Biroq kun oxiriga borib hammasini aniqlab olasiz.

O‘qotar (23.11 – 21.12)

Agar yoningizda istalgan vaqtda yordam so‘rab murojaat qilishingiz mumkin bo‘lgan ishonchli do‘stlaringiz bo‘lmaganida, kuningiz juda murakkab bo‘lib tuyulgan bo‘lardi. Ammo siz muammolar bilan yolg‘iz qolmaysiz, shuning uchun ularni tezda hal qilish mumkin. Bundan tashqari, qo‘llab-quvvatlash sizni ilhomlantiradi, yangi ishlarga g‘ayrat bilan kirishasiz va ularda tezda muvaffaqiyatga erishasiz.

Rejalashtirilmagan xarajatlar, muvaffaqiyatsiz xaridlar bo‘lishi mumkin. Yoshlar moliyaviy masalalarni hal qilishda ayniqsa e’tiborli bo‘lishi kerak, chunki bunday burj vakillari boshqalarga qaraganda ko‘proq yengil qarorlarga moyil bo‘ladi.

Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Kunni haqiqatan ham shoshilinch va muhim deb hisoblagan ishlardan boshlang. Kimningdir maslahati deyarli foyda bermaydi, lekin chalg‘itishi mumkin. Shunday ekan, o‘z intuitsiyangizga suyanib, uning aytganini qilganingiz ma’qul.

Kunning birinchi yarmi o‘qish va ijod uchun, shuningdek, ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, faktlarni taqqoslash va tekshirish bilan bog‘liq har qanday mashg‘ulotlar uchun qulay bo‘ladi. Siz tafsilotlarga juda e’tiborli bo‘lasiz, hech narsani e’tibordan chetda qoldirmaysiz, boshqalar chalkashib ketishi mumkin bo‘lgan joyda to‘g‘ri xulosa chiqarib olasiz.

Qovg‘a (21.01 – 18.02)

Kunning boshlanishi ko‘plarni xursand qiladi, ayniqsa uni oilaviy ishlarga bag‘ishlaganlar uchun omadli bo‘ladi. Yaqinlariga yordam berishga, ularda paydo bo‘lgan ba’zi muammolarni hal qilishga muvaffaq bo‘ladi. Sizning tajribangiz bolalar va boshqa kichik qarindoshlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kunning ikkinchi yarmi moliyaviy masalalarni muvaffaqiyatli hal qilishga va’da bermoqda. Burjning ba’zi vakillari yangi manbadan pul oladi yoki muvaffaqiyatli bitimlar tuzishi mumkin. Xarid qilish mumkin: tanlovda adashmaysiz va ortiqcha xarajat qilmaysiz.

Baliq (19.02 – 20.03)

Kun ko‘plab burj vakillarini xursand qiladi. Vaziyatlar muvaffaqiyatli bo‘ladi va siz allaqachon ishlab chiqilgan rejalarni amalga oshirishingiz, o‘zingizga juda yoqadigan g‘oyalarni hayotga tatbiq etishingiz mumkin. Yo‘lingizga birov to‘g‘anoq bo‘lishi dargumon, aksincha, yordam berishni istaydiganlar topiladi.

Pul tushumlari bo‘lishi mumkin va umuman olganda, kun moliyaviy jihatdan omadli bo‘ladi. Foydali xaridlar ham bo‘lishi mumkin. Ba’zilar eski yoki keraksiz buyumlarni sotish yo‘lini topib, yaxshigina pul ishlaydi.