Muqobil parvoz yo‘nalishlari ishlab chiqilgan — Uzbekistan Airways

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Kompaniyaning ikkita reysi Isroil va Eron hududini aylanib o‘tadi
Uzbekstan Airways
Foto: belovodchenko / Depositphotos

Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida Uzbekistan Airways xavfsiz parvozlarni ta’minlash uchun muqobil yoʻnalishlarni ishlab chiqqan. Bu haqda aviakompaniya vakili Kursiv Uzbekistan muxbiriga ma’lum qildi.

«Vaziyat rivojiga qarab Eron va Isroil havo hududi orqali rejalashtirilgan keyingi reyslar bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi. Fuqaro aviatsiyasi agentligi bilan birgalikda barcha parvozlar uchun zaxira variantlar ishlab chiqilgan, yo‘lovchilar va ekipajlar xavfsizligi ustuvor hisoblanadi», – deya ma’lum qildi aviakompaniya vakili.

Kompaniya vakiliga koʻra, Dubay — Toshkent va Sharm al-Shayx — Toshkent yoʻnalishlari Eron va Isroil havo hududini aylanib oʻtgan holda amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 28-fevral kuni Isroil AQSh bilan hamkorlikda Eron hududiga zarba berdi. Tehron, Qum va Isfahon shaharlarida portlashlar kuzatildi.

Bunga javoban Tehron Isroil tomon ballistik raketalar uchirdi. Mamlakatning markaziy va shimoliy hududlarida havo trevogasi e’lon qilindi.

AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarni Eron tahdidlaridan himoya qilish niyatida ekanini bildirdi. U, shuningdek, Eron xalqini operatsiya tugagach hokimiyatni oʻz qoʻliga olishga chaqirib, yuz berayotgan jarayonni urush deb atadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron va Isroil havo hududi yopilishi sabab O‘zbekistonga aloqador qator reyslar ortga qaytgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek