Yangiliklar

Ovqat qoldig‘ini yutib yuborsa, ro‘za ochiladimi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi direktor o‘rinbosari javob berdi
Oʻzbekistonda 21-mart kuni saharlik va iftorlik vaqti qachon
Foto: Ramadan.dubai

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi direktor o‘rinbosari G‘ulomiddin domla Xolboyev «Og‘izda qolgan ovqat qoldig‘ini yutib yuborsa, ro‘za ochiladimi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:

«Ro‘zador kishining tishida yoki og‘zida qolib ketgan taomni yutib yuborishligi borasida ulamolarimizning fikrlari shundayki, agar shu yutilgan narsa no‘xatdan kichik bo‘ladigan bo‘lsa, bu bilan ro‘za buzilmaydi. Endi shu yutilgan narsa no‘xat miqdoricha bo‘lsa yoki undan katta bo‘ladigan bo‘lsa, bu narsani yutib yuborish bilan ro‘za buziladi va uning qazosini tutib berish, ya’ni bir kuniga bir kun qazosini tutib berish farz bo‘ladi», – deydi G‘ulomiddin domla.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.

Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud.