90 dollarlik Xiaomi Redmi A7 Pro sotuvi 13-martdan boshlanadi

1-mart 2026 13:14 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Xiaomi

Indoneziyadagi rasmiy sotuvlarda yangi Redmi A7 Pro smartfoni taqdim etildi. Oldindan buyurtma bosqichida uning narxi atigi 1,499 mln Indoneziya rupiyasi (taxminan $90) bo‘lgan. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.

Asosiy xususiyatlar:

  • Ekran: 6,9 dyuymli IPS, HD+ (1600×720) piksellar, 120 Hz yangilanish chastotasi
  • Aparat platformasi: Unisoc T7250 (12 nm texnologiya)
  • Operativ xotira: 4 GB
  • Ichki xotira: 128 GB UFS 2.2
  • Batareya: 6000 mAh, 15 Vt tez zaryadlash
  • Operatsion tizim: HyperOS 3

Smartfonning qalinligi 8,15 mm, og‘irligi 208 g. Tanlash uchun to‘rt rang: ko‘mir qora, tuman ko‘k, yashil va apelsin. Qurilmada 3,5 mm quloqchin uyasi va yon tomonda barmoq izi sensori saqlangan.

Kamera:

  • Orqa: 13 MP sensor
  • Old: 8 MP

Rasmiy sotuvlar 13 martdan boshlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan HyperOS 3 yangilanishi ayrim Xiaomi smartfonlarini bloklayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek