Yangiliklar

BAA va Dubayda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Ma’lum qilinishicha, havo makonidan foydalanishdagi vaqtinchalik cheklovlar sabab ayrim aviaqatnovlar to‘xtatilgan
Foto: Getty Images

Yaqin Sharq mintaqasida vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklarida, xususan, Dubay shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga muhim ogohlantirish berildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik hamda O‘zbekistonning BAAdagi diplomatik vakolatxonalari vatandoshlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Bildirilishicha, havo makonidan foydalanishdagi vaqtinchalik cheklovlar sabab ayrim aviaqatnovlar to‘xtatilgan.

Fuqarolarga mahalliy qonun-qoidalar va rasmiy idoralar ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik, odamlar gavjum joylardan uzoqroq bo‘lish, axborotni faqat rasmiy manbalardan olish tavsiya etildi.

Favqulodda aloqa raqamlari:

+971 55 986 9040
+971 55 956 4110

Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron Oliy rahbari vafotidan so‘ng davlatni kim boshqarishi ma’lum bo‘lgani haqida yozgandi.