
Bugun, 1-mart kuni respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Ayrim hududlarda ertalabki soatlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, shimoliy va cho‘l zonalarida esa ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kunduzi havo harorati 12–17 daraja iliqni tashkil etadi. Respublikaning shimoliy hududlarida harorat 0–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Toshkent shahrida
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab qisqa muddatli tuman kuzatilishi mumkin. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13–15 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda
Tog‘li hududlarda ham, asosan, quruq ob-havo saqlanadi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3–8 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Avvalroq «Kursiv» nashri 1-martdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgarishi haqida yozgandi.