Gadjetlar

Samsung Galaxy A seriyasiga xavfsizlik yangilanishini chiqardi

Yangilanish dastlab Janubiy Koreyada foydalanuvchilarga yetib borgan
Foto: Getty Images

Samsung o‘zining eng ommabop o‘rta segment smartfonlari – Samsung Galaxy A56, A55, A54 hamda A53 modellari uchun fevral oyiga mo‘ljallangan xavfsizlik yangilanishini tarqatishni boshladi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Yangilanish dastlab Janubiy Koreyada foydalanuvchilarga yetib borgan, yaqin kunlarda esa boshqa mamlakatlarda ham bosqichma-bosqich ishga tushirilishi kutilmoqda.

Yangilanishning asosiy maqsadi – tizimdagi muhim zaifliklarni bartaraf etishdan iborat. Patch Android operatsion tizimi va One UI qobig‘idagi jami 37 ta xavfsizlik muammosini yopadi. Odatda Samsung xavfsizlik yangilanishlarini oy boshida chiqaradi, biroq bu safar grafik kompaniyaning Samsung Galaxy S26 flagman seriyasi taqdimoti va Galaxy Unpacked 2026 tadbiriga tayyorgarlik sabab biroz kechikdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Edge va Galaxy Z TriFold kutilgan sotuvlarga erisha olmagani haqida yozgandi.