
3-mart kuni havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0° dan 10° gacha, kunduzi esa 3–15° atrofida iliq bo‘ladi, deya prognoz qilmoqda «O‘zgidromet».
Quyida ob-havo ma’lumoti hududlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 11–13° iliq | 5–7° iliq | Yomg‘ir yog‘ishi mumkin |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 5–10° iliq (Ustyurtda 0–3° iliq) | 3° sovuq–2° iliq (Ustyurtda 7–10° sovuq) | Yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 10–15° iliq (cho‘l hududlarda 3–6° iliq) | 2–7° iliq (cho‘l hududlarda 0–3° sovuq) | Yomg‘ir yog‘ishi mumkin |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 10–15° iliq | 3–8° iliq | Yomg‘ir yog‘ishi mumkin |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 10–15° iliq | 5–10° iliq | Yomg‘ir yog‘ishi mumkin |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 10–15° iliq | 3–8° iliq | Yomg‘ir yog‘ishi mumkin |
| Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari | 3–8° iliq | 3° sovuq–2° iliq | Yomg‘ir, qor, qor ko‘chishi va sel kuzatilishi mumkin; ba’zi joylarga tuman tushadi |