
3-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 18,39 so‘mga oshib, 12 190,57 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
24-fevral kuni dollar 23,34 so‘mga oshib, 12 236,13 so‘mga yetgan edi. 25-fevral kuni esa 48,45 so‘mga tushib, 12 190 so‘mni, 26-fevral kuni esa 50,58 so‘mga tushib, 12 137,10 so‘mni, 27-fevralda 0,53 so‘mga tushib, 12 136,57 so‘mni tashkil etdi. 2-mart kuni esa dollar 35,61 so‘mga oshib, 12 172,18 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 53,89 so‘mga tushib, 14 303,20 so‘mni, rubl 0,03 so‘mga oshib, 157,48 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.