Chery Tiggo 7L avtomobilining tasvirlari e’lon qilindi

2-mart 2026 12:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chery Tiggo 7L avtomobilining tasvirlari e’lon qilindi
Foto: Chery

Chery kompaniyasi Xitoy bozoriga mo‘ljallangan Chery Tiggo 7L krossoverining rasmiy suratlarini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi. Kompaniya uni yangilangan dizaynda ichki bozorda ham taklif qilmoqchi.

Hozirda Xitoyda Tiggo 7 oilasi to‘rtta modeldan iborat. Ular Tiggo 7 Plus, Tiggo 7 High Performance Edition, Tiggo 7 Premium Edition va Tiggo 7 C-DM versiyalaridir. Narxlar 74 ming yuandan 142 ming yuangacha bo‘lib, bu taxminan $10,9 mingdan $20,8 minggacha degani.

Foto: Chery

Yangi Tiggo 7L dizayn jihatidan farq qiladi. Old qismida katta V shaklidagi radiator panjarasi joylashgan. Uning markazida Chery logotipi bor va u ingichka faralar bilan uyg‘unlashtirilgan. Old bamper qismida yana uchta kichik havo kirish panjarasi ko‘rinadi. Katta panjara model benzin dvigatelli bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Foto: Chery

Eshik tutqichlari yarim yashirin shaklda ishlangan. Oynalar xrom bezaklar bilan ajratilgan. Orqa qismda yorug‘lik animatsiyasiga ega stop-chiroqlar o‘rnatilgan. Tom spoylerida yuqori joylashgan tormoz chirog‘i bor. Pastki qismda qizil reflektorlar va to‘r ko‘rinishidagi bamper elementi mavjud.

Foto: Chery

Hozircha Tiggo 7L’ning texnik ko‘rsatkichlari va dvigatel ma’lumotlari ochiqlanmadi. Nomidan kelib chiqib, u amaldagi Tiggo 7’dan kattaroq bo‘lishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, Tiggo 7 Premium uzunligi 4 500 mm, g‘ildirak bazasi 2 670 mm. High Performance versiyasi esa 4 545 mm uzunlik va 2 672 mm bazaga ega.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chery QQ3 elektromobili qachon savdoga chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek