Avto

Chevrolet Silverado 2027 aqlli tuman chiroqlariga ega bo‘ladi

Burilish o‘ngga qaratilganda faqat o‘ng tuman chirog‘i yoqilib, chap tomoni o‘chiriladi
Foto: Википедия

General Motors 2027-yilgi Chevrolet Silverado va GMC Sierra 1500 modellari prototiplarida tuman chiroqlari burilishlarda ichki yo‘lni yoritish funksiyasiga ega bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. Bu haqda Tarantas news nashri xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarida ko‘rinib turibdiki, burilish o‘ngga qaratilganda faqat o‘ng tuman chirog‘i yoqilib, chap tomoni o‘chiriladi. Bu past tezlikdagi burilishni xavfsizroq qilishga yordam beruvchi aqlli optika tizimlarida odatiy holat.

Yangi Silverado va Sierra modellari tuman chiroqlarini alohida burilish moduli o‘rniga ikki funksiyali tizim sifatida ishlatishi kutilmoqda. Shu bilan birga, chiroqlar bampersning tashqi chekkalariga yaqinroq joylashtiriladi, bu burilishlarda yoritishni kuchaytiradi va old qismini yanada masshtabli ko‘rsatadi.

Shuningdek, yangi avlod pikaplarining salonlari to‘liq qayta ishlangan bo‘lib, eng so‘nggi raqamli texnologiyalar, ilg‘or displeylar va 6-avlod V8 Small Block dvigateli bilan jihozlanadi. GM gibrid variantini ham taqdim etishni rejalashtirmoqda, bu esa yangi Silverado va Sierra’ni yanada samarali va ekologik jihatdan qulay qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Tracker Midnight nega ommalashayotgani haqida yozgandi.